
Shomurodov jamoasiga qarshi o‘yin Dibalaning fikrini birdan o‘zgartirdi
“Jenoa”ga qarshi uchrashuvda hisobni ochgan “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala yangi mavsumdagi birinchi golini nishonladi.
Bu gol argentinalik hujumchining fikrini o‘zgartirdi. Gap shundaki, Paulo jamoadagi holatidan norozi bo‘lib, Turin klubini tark etishni istayotgandi. Endi u bu niyatidan qaytdi.
- Mening klub bilan shartnomam borasida turli mish-mishlar tarqatilyapti. Ayrim odamlar pulga urg‘u berib, muxlislarni menga qarshi qayrashga harakat qilmoqda. Men “Yuventus”da qolishga qaror qildim va klubga sodiq qolaman, - dedi Dibala.
Fikrlar