
Shomurodov o‘ynagan o‘yinda "Jenoa" 3 ochkolik bo‘ldi (video)
Italiya A Seriyasining 19-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qildi.
O‘yin taqdirini 10-daqiqada Mattia Destro tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “Jenoa” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shomurodov esa asosiy tarkibda maydonga tushdi va 77 daqiqa to‘p surdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar