Shomurodov O'zbekistonning Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o'yinlardagi imkoniyatlarini baholadi

  • 06.04.2026 04:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov rossiyalik mashhur sobiq futbolchilar Andrey Arshavin hamda Vladislav Radimov bilan bo‘lgan suhbatda Jahon chempionati guruh bosqichida to‘qnash keladigan Portugaliya hamda Kolumbiyaga qarshi o‘yinlar haqida gapirdi.

"Biz bu kabi kuchli terma jamoalarga aniq yutqazamiz demagan bo‘lardim. Men o‘z kuchimizni ham, kimga qarshi o‘ynashimizni ham juda yaxshi bilaman. Agar istasak, qandaydir natijaga erisha olamiz."

Hozir O‘zbekiston va Rossiya jamoalari o‘ynasa, kim g‘alaba qozonadi?

"Men ushbu to‘qnashuvda yuta olishimizga ishonaman. Optimal tarkibimiz bo‘lsa, menimcha Rossiyani mag‘lub eta olamiz", — dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!