Shomurodov tark etgan "Rostov" yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 18 oktabr, 2020, 23:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Rostov" o‘z maydonida "Axmat" klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

24-daqiqada qit’adoshimiz Kento Xashimoto hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida hakam mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan zarba bergan Melkadzening urinishini darvozabon qaytardi. Rostovliklar bosh hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda yana ikkita to‘p kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng, "Rostov" turnir jadvalining 5-pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, "Axmat" 10-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!