Shomurodov Turkiya Superligasida yana bir statistilkada peshqadam

  • 18.05.2026 00:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligasining joriy mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. “Istanbul Boshakshehir” sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov uchun mavsum juda omadli kechdi.

Hujumchi chempionat davomida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va Turkiya Superligasining “Oltin butsa”sini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Shomurodov yana bir muhim statistikaда yaqqol peshqadam bo‘ldi. Gol + assist tizimida o‘zbekistonlik forvard 27 ochko jamg‘ardi — 22 ta gol va 5 ta assist.

Bu borada keyingi o‘rinlarni Pol Onauchu, Taliska, Marko Asensio hamda Viktor Osimxen egalladi.

Ma’lumot uchun, “Istanbul Boshakshehir” mavsumni 57 ochko bilan 5-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!