Shomurodov uchun asosiy da’vogar klub nomi o‘zgardi

  • 03.08.2022 12:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni yangi mavsum rejalariga kiritmagan. Shu bois, futbolchining agenti mijozi uchun yangi klub qidirmoqda.

“Sportitalia” nashri xabariga ko‘ra, Shomurodovga asosiy da’vogar — “Torino”. Turin klubi Andrea Belottidan ajralgandan keyin yangi forvard qidirmoqda.

Avvalroq matbuotda “Vulverxempton” Shomurodov transferini amaoga oshirmoqchi ekanligi va rimliklarga aloqaga chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Eldor o‘tgan mavsumda Italiya chempionati doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!