Shomurodov uchun "Roma" qancha so‘ragani ma’lum

  • 26 avgust, 2022, 10:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi sharafini himoya qilib kelayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning so‘nggi paytlarda jamoasini o‘zgartirishi borasida juda ko‘p xabarlar chiqdi. 

Xususan, Italiyaning "Bolonya" jamoasi legionerimiz bilan shartnoma imzolash borasida uzoq vaqtdan beri muzokara olib borayotgandi. "Bo‘rilar" sport direktori bir necha bor "Bolonya" rahbariyati bilan uchrashgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, legionerimiz transferiga shaxsan Sinisha Mixaylovichning o‘zi qiziqish bildirgan. 

Shunday bo‘lsa-da, Rim klubi uni 14 million evrodan kamiga sotmasligini ma’lum qilgan. Bolonyaliklar esa 10 million evrodan ko‘p to‘lay olmasdi. Rim klubi miqdorni 13-12 million evrogacha kamaytirishga rozi ham bo‘lgan. Biroq "Bolonya" o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi (10 million evrolik taklif). 

Oxir-oqibat, Italiya klubi "Bavariya" futbolchisi Joshua Zirkzee bilan shartnoma imzoladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!