
Shomurodov va Fayzullaevga Evropadan xabar keldi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Futbolchilarimiz maqsadga erishish uchun 99 daqiqa mashaqqat chekishiga to‘g‘ri keldi. Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun “oq bo‘rilar”ni engishi shart edi.
Bu uchrashuv oldidan BAA futbol federatsiyasi bosh murabbiyni o‘zgartirdi. Terma jamoa asli braziliyalik bo‘lgan besh nafar mahoratli o‘yinchi bilan kuchaytirildi. Hal qiluvchi o‘yin ancha asabiy o‘tdi.
O‘zbekiston futbolchilari bosh murabbiy Timur Kopadze tuzgan rejani to‘liq bajardi, himoya chizig‘i ishonchli o‘ynadi, ayniqsa, darvozabon O‘tkir Yusupovning seyvlari ko‘zlangan natijaga erishishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bugun butun mamlakat ushba tarixiy muvaffaqiyatni keng nishonlamoqda. O‘z o‘rnida, terma jamoamizdagi yigitlarga o‘z klublaridan tabriklar kelishi davom etyapti.
O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqqaniga “Roma” va TsSKA ham o‘z rasmiy saytlariv a ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali munosabat bildirdi.
- Eldorni o‘z terma jamoasi safida tarixda ilk bor jahon chempionatiga chiqqani bilan tabriklaymiz!, - deyiladi “Roma” klubi bayonotida.
O‘z navbatida, BAAga qarshi bahsda eng faol o‘ynagan va gol urishga yaqin kelgan Abbosbek Fayzullaevni TsSKA klubi ham rasmiy kanali orqali tabrikladi.
- Abbosbek Fayzullaev va O‘zbekiston milliy terma jamoasini tarixiy natija bilan muborakbod etamiz! Abbosning terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma oldi, - deyiladi TsSKA matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaevning tarixiy muvaffaqiyatga qo‘shgan hissasi juda katta.
Eldor Shomurodov 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichlaridagi uchrashuvlarda Turkmaniston, Qirg‘iziston va Gonkongga ikkita uchrashuvda bittadan, jami to‘rtta gol urdi, bundan tashqari, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas berdi.
Umumiy hisobda, 29 yoshli hujumchimiz xalqaro miqyosda 81 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 41 ta gol yozdirib qo‘ygan. Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixida eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.
Abbosbek Fayzullaev ilk bor 2023 yilning yozida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan edi. 21 yoshli hujumkor futbolchi qisqa fursatda jamoa etakchilaridan biriga aylandi.
Jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri doirasidagi bellashuvlarda Fayzullaev Qatarga ikkita, Shimoliy Koreya va Eron terma jamoalariga bittadan gol urdi, shuningdek, bir juft golli pas ham uzatdi.
Abbosbek Fayzullaev hozirgacha milliy terma jamoamiz safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini jami sakkiz bor ishg‘ol qilgan.
“Manchester Siti” Husanovning mundialga chiqqaniga qanday munosabat bildirdi?
O‘zbekiston g‘alabasiga Ronalduning yurtidan munosabat keldi
Shomurodovning mundialga chiqqani Evropada qanday baholandi?
Gvardiola hayron: Husanov Yamal bilan o‘ynashi mumkinmi?
Fayzullaevdan xushxabar!
Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?
Fikrlar