“Manchester Siti” Husanovning mundialga chiqqaniga qanday munosabat bildirdi?

  • 6 iyun, 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Butun O‘zbekiston xalqi milliy terma jamoamiz futbolchilarining 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqanini katta bayram sifatida nishonlamoqda.

Tecno

Temur Kopadze shogirdlari Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilgan uchrashuvda g‘alaba teng durangga erishdi. Mana shu bir ochko hamyurtlarimizga mundial yo‘llanmasini keltirdi, arablarni jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatidan ayirdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari o‘zlari o‘ynaydigan klublardan ham tabriklarni qabul qilmoqda.

Xususan, bugungi kunda O‘zbekistonning eng mashhur futbolchisiga aylangan Abduqodir Husanov klubi “Manchester Siti” ham rasmiy saytida terma jamoamiz muvaffaqiyatini aks ettirgan maqola e’lon qildi.

Sports.uz portali ushbu maqolani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Abduqodir Husanov va butun mamlakat O‘zbekistonning o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritganini nishonlamoqda.

“Manchester Siti” himoyachisi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi uchrashuvda o‘ziga xos qat’iyat va fidoiylik bilan o‘ynadi va o‘zbeklarga kelasi yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kerakli natijani ushlab qolishga yordam berdi.    

Bu O‘zbekiston terma jamoasi himoyasi markazida etuk darajada o‘yin ko‘rsatgan klubimizning  21 yoshli himoyachisi uchun muhim voqea.   

“An-Nahayyon” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda biror jamoaning g‘alaba qozonishi uchun imkoniyat deyarli yo‘q edi. Faqat g‘alaba ilinjida maydonga tushgan Amirlik futbolchilari o‘z qarshisida mustahkam devorni ko‘rdi. Chunki Timur Kopadze jamoasi ushbu o‘yin uchun  tuzilgan rejaga og‘ishmay amal qildi.

O‘zbekiston uchrashuvning golsiz tugashi BAAdan minimum bir ochko olinishini yaxshi anglab o‘ynadi. Arablar esa, g‘alaba qozongan taqdirda o‘zbeklarga yaqinlashib olishi va ochkolar o‘rtasidagi farqni bittagacha qisqartirish imkoni vujudga kelishini yaxshi bilardi.

Husanov jamoasi bosh hakam o‘yinni tugatgunicha asosiy vaqtdan keyin qo‘shib berilgan yana sakkiz daqiqani ham o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Mezbonlar g‘alaba uchun so‘nggi soniyalargacha kurashgan bo‘lsa-da, ular tomonidan yo‘llangan oltita xavfli zarbaning birortasi darvoza to‘riga borib tushmadi. Shu tariqa, o‘yinda hisob ochilmadi. Bu o‘zbekistonlik futbolchilar, rasmiy shaxslar, muxlislarga xursandchilik ulashdi va endi bu bayram Toshkent ko‘chalarida ham davom etadi.

O‘zbekiston saralash guruhi peshqadami Eron terma jamoasi bilan jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi. Hozircha, kelasi yili AQSh, Kanada va Meksikada bo‘ladigan mundialda jami sakkizta terma jamoa ishtirokini kafolatladi.

“Oq bo‘rilar” saralash turnirini 10 iyun kuni Toshkentda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv bilan yakunlaydi.

“Manchester Siti”dagilarning barchasini nomidan Abduqodir Husanovni o‘zbek futboli uchun muhim ahamiyat kasb etgan sana bilan tabriklaymiz, - deb yozmoqda  mancity.com sayti eksperti Devid Klayton.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2023 yilning iyun oyidan beri o‘ynab keladi. Iste’dodli markaziy himoyachimiz hozirga qadar xalqaro miqyosda 21 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Shomurodov va Fayzullaevga Evropadan xabar keldi!

O‘zbekiston g‘alabasiga Ronalduning yurtidan munosabat keldi

Shomurodovning mundialga chiqqani Evropada qanday baholandi?

Gvardiola hayron: Husanov Yamal bilan o‘ynashi mumkinmi?

Fayzullaevdan xushxabar!

Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!