Kimlar o‘ynayapti? O‘zbekiston futbolchilariga e’tibor bering!

  • 6 iyun, 16:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olgani mutaxassislar tomonidan ham keng muhokama qilinmoqda.

Tecno

Sports.uz portali futbol olamining taniqli insonlari terma jamoamiz haqida bildirgan fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.

Yuriy Syomin,  “Lokomotiv Moskva” va “Dinamo Kiev” jamoalari sobiq bosh murabbiyi:

O‘zbekistonda futbod rivojlanyapti. Ularda qanday o‘yinchilar borligiga e’tibor bering. Birinchi qaldirg‘ochlardan biri Abbosbek Fayzullaev bizda o‘ynayapti.

Ikkinchisi Abduqodir Husanov, ayni paytda “Manchester Siti” a’zosi hisoblanadi. Bularning bari O‘zbekistonda o‘smirlar va yoshlar jamoalarida, futbol federatsiyasida  juda yaxshi darajada ish olib borilayotganidan dalolat beradi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston o‘tgan yili Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi, endi jahon chempionatiga chiqdi. Bu juda katta natija!

Ular mundialda qanday o‘ynashini vaqt ko‘rsatadi, albatta. Biroq O‘zbekistondan doimiy tarzda kuchli futbolchilar etib chiqmoqda. O‘sha Eldor Shomurodovning o‘zi hamon Italiyada to‘p tepyapti. Ularni jahon chempionatiga yo‘llanma olganlari munosabati bilan tabriklashimiz kerak.

Ja’far Irismetov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi:

Bu butun o‘zbek xalqining g‘alabasi. Xalqimiz futbolchilarimiz muvaffaqiyatidan mamnun. Biz necha yillar davomida jahon chempionatiga chiqishni orzu qilib keldik. Bu buyuk g‘alaba. Hissiyotlarni jilovlab bo‘lmaydi.

Jamoa yaxshi o‘ynadi, natija uchun harakat qildi. Yigitlar bir ochko ham jahon chempionatiga olib chiqishini juda yaxshi anglab turgandi, shu bois tavakkalga yo‘l qo‘yishmadi.  Juda zo‘r o‘ynashdi. Bosh murabbiy Timur Kopadzeni ham tabriklayman, u natija ko‘rsata oldi.

Jahon chempionati haqida gapirishga hali biroz erta. Lekin biz munosib futbol ko‘rsatamiz, deb o‘ylayman. Chunki hozirgi terma jamoada jahon grandlaridan qolishmaydigan futbolchilar jamlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatining Osiyo mintaqasi saralash turnirining uchinchi bosqichi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uchtadan guruhga jami oltita yo‘llanma berilgan. Har bir kvartetdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri mundialda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

“A” guruhida bu vazifani Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari uddaladi. Guruhda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallagan terma jamoalar jahon chempionatining qolgan yo‘llanmalari uchun kurashni davom ettiradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi oxirgi uchrashuvini 10 iyun kuni Toshkentda Qatar terma jamoasi futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

2026 yilgi jahon chempionati birdaniga uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o‘tkazaladi.

 

Shomurodov va Fayzullaevga Evropadan xabar keldi!

 

“Manchester Siti” Husanovning mundialga chiqqaniga qanday munosabat bildirdi?

O‘zbekiston g‘alabasiga Ronalduning yurtidan munosabat keldi

Shomurodovning mundialga chiqqani Evropada qanday baholandi?

Gvardiola hayron: Husanov Yamal bilan o‘ynashi mumkinmi?

Fayzullaevdan xushxabar!

Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!