
Shomurodov yana Mourinoning e’tiboridan chetda qoladi
6 maydan A Seriyada 36-tur bahslari start oldi. Bellashuvlar 9 mayga qadar davom etadi. Shu kuni faqatgina bitta o‘yin o‘tkaziladi.
Evropa Konferentsiyalar ligasi finaliga yo‘l olgan "Roma" oxirgi kuni "Fiorentina" maydoniga safar qiladi.
Italiyaning mashhur nashrlaridan biri "La gazzetta dello sport" bo‘lajak bahslarga e’tibor qaratdi. Jumladan, "Fiorentina" - "Roma" qarama-qarshiligiga ham.
Nashrda yozilishicha, Joze Mourino tarkibda o‘zgarish qilmaydi. U shu futbolchilar xizmatidan foydalanadi. Chunki mana shu asosiy tarkib vakillari murabbiy ishonchini oqlayapti va mavsum oxirlarida ishonchli harakat qilyapti.
Qolaversa, Mourino turnir jadvalida "Roma"dan yuqoridagi jamoalarga etib olishi deyarli imkonsiz ko‘rinsada, "bo‘rilar"ni ta’qqib qilayotganlar sabab hotirjamlikka berila olmaydi. "Roma" ortidan hamshahari va bitta stadiondan foydalanadigan "Latsio" quvib kelmoqda. Ular bir xil ochko jamg‘argan - 59.
Mana shu omil sabab zaxirada qolib ketayotgan Eldor Shomurodov, Stefan El-Shaaravi va boshqalarga asosiy tarkibdan joy tegmaydi. Ular uchrashuv davomida o‘yinga qo‘shilishi mumkin.
Fikrlar