Shomurodov Yaponiyaga keldi!

  • 24 noyabr, 2022, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” oldiga joriy mavsumda jiddiy vazifalar qo‘yilgan. Joze Mourino shogirdlari chempionat yakunida kuchli to‘rtlikdan joy olib, kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishi shart.

Bundan tashqari, “bo‘rilar” o‘tgan mavsumda qo‘lga kiritilgan Konferentsiyalar ligasi bosh sovrini yoniga bu gal Evropa ligasining kubogini qo‘shib qo‘yishi topshiriq sifatida yuklangan.

“Roma” bu ikki murakkab vazifani uddalashga qiynalmoqda. A Seriyada ham Evropa Ligasida ham ishtiroki ishonchli chiqayotgani yo‘q. Mourino shogirdlari har ikki turnirda etarli darajada g‘alaba qozona olmayapti. Aksincha, kutilmagan joyda mag‘lubiyat yoki durang qayd etgan o‘yinlar ko‘p bo‘ldi.

54809

Qatardagi jahon chempionati munosabati Evropaning ko‘p ligalarida tanaffus e’lon qildi. Bundan unumli foydalanish maqsadida “Roma” ikkita yig‘in tashkil qiladi. Ulardan birinchisi Yaponiyada boshlandi.

Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig‘inga asosiy tarkib, zaxira va yoshlar jamoasidan o‘yinchilarni jalb qildi. Tabiiyki, jahon chempionatida to‘p tepish uchun o‘z milliy terma jamoalariga chaqirtirilgan argentinalik Paulo Dibala, polshalik Nikola Zalevski, portugaliyalik Ruy Patrisio va urugvaylik Matias Vina klub yig‘inlarini o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, jarohatidan tiklanayotgan Jorjino Veynaldum, qo‘lini operatsiya qildirgan Brayan Kristante tiklanish jarayonida bo‘lgani bois Yaponiyaga taklif qilinmadi. Joze Mourino bilan urishib qolgan Rik Karsdorp ruhiy holati yaxshi emasligini ro‘kach qilib, klubga qaytgani yo‘q.

Bu futbolchilarning o‘rnini o‘rinbosarlar tarkibida o‘zini ko‘rsatgan Kerubini, Keramitsis va Taxirovich kabi yoshlar egalladi. Shuningdek, o‘z mamlakatlari terma jamoalarining yig‘inida qatnashgan Eldor Shomurodov va Nikola Dzanola ham Joze Mourino ixtiyoriga etib bor.

Yaponiyadagi yig‘inga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar: Svilar, Bur.

Himoyachilar: Smolling, Ibanes, Manchini, Spinatstsola, Chelik, Missori, Kumbulla, Keramitsis.

Yarim himoyachilar: Pellegrini, Matich, Taxirovich, Fatikanti, Bove, Tripi, Volpato.

Hujumchilar: Abraxam, Shomurodov, Belotti, Kerubini, El-Shaaravi, Dzanolo.

Yaponiyadagi yig‘in 29 noyabrga qadar davom etadi. Yaponiyada Joze Mourino shogirdlari ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Rimliklar 25 noyabr kuni “Toyota” arenasida “Nagoya Grampus”, 28 noyabrda esa Yaponiya milliy stadionida “Yokogama Farinos” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

“Roma” klubi Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini odatga ko‘ra, Joze Mourinoning yurti Portugaliyada tashkil qiladi.

A Seriya o‘yinlari 4 yanvardan davom ettiriladi. Shu kuni poytaxtliklar “Olimpiko” stadionida “Bolonya” qarshi saf tortadi.

Rossiya futbolchilari O‘zbekistonning kuchiga qanday baho berdi?

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!