
Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!
20 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Paxtakor” stadionida Rossiya milliy terma jamoasi bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashadi.
Bo‘lajak bahsni mamlakatimiz bosh jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchun ahamiyati katti. Chunki Rossiya milliy termasini ayni paytda hujumchimizga “Rostov”da o‘ynab yurgan kezlari ustozlik qilgan Valeriy Karpin boshqarmoqda.
Hossiya futbolini yorib borayotgan https://matchtv.ru sayti o‘rtoqlik o‘yini oldidan Eldor Shomurodovning fikrlarini futbol jamoatchiligi e’tiboriga havola qildi.
- Avval Rossiya terma jamoasi bilan biror marotaba o‘ynamaganimiz bois, bo‘lajak o‘yin biror aniq fikr aytolmayman. Biroq bellashuv juda qizg‘in o‘tishini kutyapman.
Karpin haqidagi taassurotlarim qanday? Bir narchani aniq aytishim mumkinki, Evropada o‘ynay boshlaganim davrimda uning maslahatlari sharoitga ko‘nikishimda juda qo‘l keldi.
Professionalizm nuqtai nazarida Karpin “Rostov”da o‘ynagan paytim juda ko‘p ko‘maklashgan. Uning maslahatlari orqali Evropadagi faoliyatim ancha engil boshlandi.
“Rostov”da taktika ustida juda ko‘p ishlardik, shuning uchun ham Karpin A Seriyada ishlashga qodir, - dedi Eldor Shomurodov sayt ijodkorlariga.
Eldor Shomurodov aslida “Mash’al” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik “Bunyodkor”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi 2017 yilda legionerga aylandi.
Evropa futbolini ko‘zlagan surxondaryolik futbolchi uch yil mobaynida Rossiya premer-ligasida mahoratini tobladi. Futbol mutaxassislari “Rostov” bosh murabbiyi sifatida ishlagan Valeriy Karpin Eldorning hujumchi sifatida yangi qirralarini ochganini e’tirof etishadi.
Bundan tashqari, rossiyalik mutaxassis 2020 yili mavsumning qizg‘in pallasida jamoasining asosiy hujumchisi hisoblangan Eldor Shomurodovni “Jenoa”ga ko‘chib o‘tishiga imkoniyat yaratib berdi.
Shomurodov Genuya klubida bir mavsumda sakkizta to‘p kiritganidan keyin unga bir necha jamoalardan chorlov bo‘ldi. Eldor o‘zi shaxsan tanigan mutaxassis – Joze Mourino taklifini qabul qilib, “Roma”ga ko‘chib o‘tdi.
Afsuski, Eldorning Italiya poytaxtidagi faoliyati hamma kutganidek silliq kemayapti. Mourino hamyurtimizga ketma-ket ikkinchi mavsum etarli o‘yin amaliyoti taqdim qilayotgani yo‘q.
Yanvar oyida Italiyaning o‘zidan bir necha klub Shomurodovni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilishi kutilmoqda. Potentsial xaridorlar qatorida “Torino”, “Balonya”, “Sampdoriya”, “Montsa” kabi jamoalar tilga olinmoqda.
Shunga qaramay, Eldor Shomurodovning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati muvaffaqiyatli davom etyapti. Hujumchimiz Qozog‘iston futbolchilari bilan bo‘lgan o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoamiz g‘alabasini ta’minladi.
Futbol transferlari va statikasiga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portaliyada qayd etilishicha, Eldor Shomurodov terma jamoa safida 58-uchrashuvida gollari sonini 32 taga etkazib oldi.
Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi
“Roma” Shomurodovga yangi ish qidirmoqda!
Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!
Shomurodov “Atletiko”ga yordam ko‘rsatdi! (foto)
O‘zbekiston yutadimi yoki Qozog‘iston? Futbolchilar bahs boyladi!
Fikrlar