
Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Roma" kambek amalga oshirdi
A Seriya 32-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "bo‘rilar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 22-daqiqada Radavanovich hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqaga kelib Peres muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o‘tgach, Smolling Rim klubini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Mourino shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 57 taga etkazib olgan holda, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 16 ochkosi bor "Salernitana" 20-pog‘onani band etgan.
Fikrlar