
Shomurodovga da’vogarlik qilayotgan klub nomi ma’lum. "Roma" Abraxamga zaxira varianti qidirishni boshlab yuborgan
"Roma" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov faoliyatini A Seriyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Serianews.com" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimizga Italiyaning "Sampdoriya" klubi qiziqish bildirmoqda. Genuyaliklar safini Franchesko Kaputo tark etadigan bo‘lsa, Eldor uning o‘rnini egallash uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
O‘z navbatida "bo‘rilar" Abraxamga zaxira varianti topgan taqdirdagina Eldorni sotishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Shomurodovning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi bahosi 8 million evroni tashkil etadi. U o‘tgan yozda "Jenoa"dan Rim klubiga 18 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar