
Shomurodovga jamoadoshi qanday sakrash kerakligini ko‘rsatdi (foto)
Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Jenoa” A Seriyaning 24-turida musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Inter” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Ettita uchrashuvdan beri mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan genuyaliklar Milandagi o‘yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy holat, jamoaviy o‘yin kuchaytirish, darvozaga zarba berishdan tashqari, texnik va taktik usullarni o‘zlashtirishga e’tibor qaratmoqda.
“Jenoa” matbuot xizmati mashg‘ulotlardan tarqatayotgan suratlar orasida bittasi e’tiborimizni tortdi. Unda Eldor Shomurodov jamoadoshining baland sakraganiga havas bilan qaragani aks etgan. Shu va o‘zbek hujumchisining mashg‘uloti aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
“Inter” – “Jenoa” uchrashuvi 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Fikrlar