Shomurodovga raqobatchi bo‘ladigan futbolchini yana 8 ta jamoa talashyapti

  • 5 iyun, 16:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar mavsumida klublar jamoa tarkibini kuchaytira oladigan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga katta e’tibor qaratadi.

Tecno

Mavsum davomida porlagan o‘yinchilarning xaridori ko‘p bo‘lishi ham tabiiy hol. Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Roma” skautlari “Shtutgart” futbolchisi Nik Voltemadeni olib kelmoqchi.

“Bo‘rilar” Germaniya terma jamoasi forvadini Artyom Dovbik va Eldor Shomurodovga raqobatchi sifatida ko‘ryapti.

Biroq 23 yoshli hujumchining xaridori ko‘payib ketdi.

Saughtoffside nashrining yozishicha, Voltemadeni yana sakkiz jamoa – “Arsenal”, “Liverpul”, “Vest Xem”, “Brayton”, “Everton”, “Atletiko”, “Bavariya”, “Napoli” ham o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Yakunlangan mavsumda Bundesligada 28 ta uchrashuvda 12 ta gol urgan iste’dodli hujumchini “Shtutgart” rahbariyati 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!