Shomurodovni "Barselona"ga qarshi o‘yin kutmoqda!

  • 10 iyun, 2022, 14:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning mavsumoldi dasturi kelasi haftada tasdiqlanadi. Dastlab, jamoa a’zolari 4 iyul kuni Trigoriyada (Rim) jamlanadi va shundan so‘ng Portugaliyaning Algarve shahriga yo‘l oladi.

Tecno

Dastlabki kunlarda “Roma” shu joyning quyi liga jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Shundan so‘ng rimliklar "Sporting" va "Nitsa" klublariga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazishlari kutilmoqda.

"Roma" Portugaliyada 24 iyulgacha qoladi, so‘ngra 30 iyulda Xayfada (Isroil) "Tottenxem" va 6 avgust kuni Joan Gamper kubogida "Barselona"ga qarshi o‘ynaydi.

Nihoyat, avgust oyida, ya’ni chempionat boshlanishi arafasida "Frozinone"ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino boshqaruvidagi “Roma” o‘tgan mavsum A Seriyada 6-o‘rinni egalladi va yangi mavsumda UEFA Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!