Shomurodovni Rimga qaytishiga uni syurpriz kutib turibdi!

  • 25 mart, 04:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
BEPUL PROPAN

2025 yil Eldor Shomurodovning professional faoliyati uchun omadli keldi. Rim klubiga 2021 yili olib kelingan o‘zbek futbolchisi nihoyat grand klubda asosiy hujumchi maqomiga ko‘tarildi.

Joze Mourino, Daniele De Rossi va Ivan Yurich kabi murabbiylar etarli darajada imkoniyat bermagan, doim o‘rinbosar hujumchi sifatida ko‘rgan legionerimiz tajribali mutaxassis Klaudio Raneri qo‘l ostida “Roma”ning asosiy hujumchisi darajasiga ko‘tarila oldi.

FIFA kunlari munosabati bilan 11 futbolchisini terma jamoalar ixtiyoriga jo‘natgan “Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri ayni paytda jiddiy masala borasida bosh qotirmoqda. Jamoaning asosiy figurasi Paulo Dibalaning jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi va bu mavsum jamoaga yordam berolmaydi.

“Roma”ning hujum salohiyati ko‘p chihatdan argentinalik jahon chempionining o‘yiniga bog‘langan edi. Xususan, Eldor Shomurodov ham maydonda Paulo Dibala va Matias Sule bilan yaxshi “til topisha” olgani uchun asosiy tarkibdan o‘ziga joy ochgandi.

Italiya futboli ekspertlarining ta’kidlashicha, Paulo Dibalasiz qolgan Raneri kutilmagan muammodan qutilish uchun o‘zi A Seriyada qo‘llab kelayotgan asosiy taktik sxemani o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.

73 yoshli murabbiy Paulo Dibala o‘rniga maydon markaziga Lorentso Pellegrinini tushirib,  yagona markaziy hujumchiga (Bu Artyom Dovbik yoki Eldor Shomurodovdan biri bo‘ladi) yordamchi sifatida Matias Sule va Tommazo Baldantsini o‘ynatishi mumkin.

Biroq Klaudio Raneri bundan-da ta’sir sxema tayyorlayotgani aytilmoqda. Tajribali mutaxassis o‘yin sxemasini 3-5-2 ko‘rinishiga o‘tkazib, tarkibdagi ikki markaziy hujumchi – Eldor Shomurodov hamda Artyom Dovbikni bir paytda maydonga tushirishi mumkin.

Bu vaziyatda Eldor Shomurodov ukrainalik futbolchisining raqobatchisi emas, oldingi chiqizdagi hamkori va sherigiga aylanadi. Tabiiyki, bunda legionerimiz uchun boshlang‘ich tarkibdan joy olishi kafolatlanadi. Chunki bugungi kunda “Roma”da faqat ikki nafar markaziy hujumchi bor xolos.

Ko‘plab ekspertlar “Roma” murabbiylar shtabi jamoaning hujumkorligini oshirish uchun ikki hujumchini bir paytda maydonga tushirish variantini tanlashini taxmin qilmoqda.

“Roma” mavsumni muhim pallasida katta o‘zgarishlar qilishga majbur. 2025 yilda A Seriyada eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan jamoada Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyati va ayni paytda istagi ham paydo bo‘lgan.

Ha, Paulo Dibalaning safdan chiqishi ko‘p narsani o‘zgartiradi va yangidan yangi echimlar topishga undaydi. Buni Italiya futboli afsonasi Anjelo Di Livio ham ta’kidladi.

- Dibala jiddiy yo‘qotish va bu yo‘qotish oqibati tarkibda katta o‘zgarishlarga qo‘l urishni talab etadi. Ayniqsa, oxirgi ikki oyda Klaudio Raneri qo‘l ostida Paulo Dibala tarkibdagi eng muhim figura aylangan edi.

Uning safdan chiqishi “Roma”ga juda katta psixologik zarba. Shu bilan birga bu holat Rim klubidagi boshqa o‘yinchilar uchun imkoniyat hamdipr. Hozir Matias Sule va Tommazo Baldantsiga mas’uliyat yuklashning ayni payti.

Meni Ranerining o‘yin sxemasiga o‘zgartirish kiritib, ikki hujumchi bilan o‘ynash g‘oyasi ham jiddiy tarzda qiziqtirib turibdi. Eldor Shomurodov va Artyom Dovbikning bir vaqtda maydonda paydo bo‘lishi qanday samara berishi juda qiziq, - dedi Anjelo Di Livio.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, Eldor O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi burchini bajarib, Rimga qaytib borganidan keyin endi “Roma”ni yuksak maqsadlar sari etaklash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi. Ranerining ikki hujumchini birdan boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirish g‘oyasi esa, Shomurodov uchun qo‘shimcha imkoniyat va yaxshi yangilikdir.

Husanov Eron hujumini to‘xtatib, Shomurodov raqib himoya qo‘rg‘onini buza oladimi?

O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqadimi? Bu borada Evropada nima deyishyapti?

Shomurodovga Rimdan kayfiyatni ko‘taradigan ajoyib yangilik!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхан Ангор
25/03/2025 06:42
Сюрпризи қани ўзи кимдир тушундими?
&
Abduraxmonov Zaxriddin
25/03/2025 09:44
Спортс.уз сарлавхасини узгартириб, матнни кайтадан куп берворади, Сюрприз деб бизни чалгитяпди, лекин уша уша гаплар
Ulugbek Abdullayev
25/03/2025 10:03
Shunaqa
Абдухаликов Мухаммад
26/03/2025 08:19
Шомуродов Элдорга рахмат
Ulugbek Abdullayev
25/03/2025 10:03
Bu sayt shunaqa uzi, faqat legionerlarni yozadi. Yozmasa oʻlib qoladi. Yana bitta xabarni 2-3 kundan keyin qaytadan qoʻyaveradi
&
Азизжон
25/03/2025 08:02
У нимадир