
Shomurodovning do‘sti “Inter”da qaysi raqamni tanladi? (foto)
“Roma”da Eldor Shomurodov bilan birga to‘p surgan armanistonlik Genrix Mxitaryan “Inter”ga o‘tib ketgandi.
33 yoshli pleymeyker yangi jamoasida o‘ziga raqam tanladi. Endi “Inter” futbolchisiga aylangan Mxitaryan 22-raqamda to‘p tepadi.
Genrix “Roma”da 77-raqamda o‘ynaganini yaxshi bilasiz. Rimga 2019 yilda kelgan futbolchi “bo‘rilar” safida jami 117 marotaba maydonga tushib, 29 ta gol va 28 ta assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, “Roma” tarkibida Konferentsiyalar ligasi g‘olibiga aylandi.
Mxityaran faoliyati davomida Donetskning “Shaxtyor”, Dortmundning “Borussiya”, Londonning “Arsenal” va Manchesterning “Manchester Yunayted” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar