
Shomurodovning jamoasi Rossiya kubogi yarim finalida "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib boradi
Rossiya kubogining yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” bu bosqichda Moskvaning “Lokomotiv” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, “Rostov” chorak finalda “Krasnodar”ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
"Rostov" - "Lokomotiv"
"Arsenal" - "Ural"
Yarim finalning dastlabki o‘yinlari 20 mart kuni, javob bahsi esa 3 may kunlari o‘tkaziladi.
Fikrlar