
Shomurodovning jamoasi va Sardor Azmun jarimaga tortildi
Bugun Rossiya futbol ittifoqi tartib-intizom qo‘mitasi ayrim vaziyatlar bo‘yicha o‘z qarorlarini qabul qildi. Ayrim klublar mavsum restartida yangilangan tahrirdagi reglamentning uchinchi qismini buzgani uchun jazolandi.
Jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” 25 ming rubl jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Bundan tashqari, “Sochi” 25 ming, “Krilya Sovetov” 30 ming, “Axmat” esa 20 ming rubl jarimaga tortildi.
Reglamentning xuddi shu bandini buzgan “Lokomotiv” xavbeki Joau Mariu va “Zenit” forvardi Sardor Azmun ham jarimadan qutulib qololmadi.
Fikrlar