
Shomurodovning qadami qutlug‘ keldi
A Seriya 38-turidan o‘rin olgan "Torino" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Rim klubi safida Abraxam dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Pellegrini ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Mourino boshchiligidagi Rim klubi 6-o‘rinni band etgan holda, Evropa ligasi yo‘llanmasini hal qildi. 59 ochkoga ega "Atalanta" hamda "Fiorentina" so‘nggi turdagi o‘yinlarda g‘alaba qozonsa ham "bo‘rilar"ga eta olmaydi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada zaxiraga olindi. U so‘nggi bor 2021 yil 4 dekabr sanasida chempionatning 16-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi bahsda boshlang‘ich tarkibda ko‘rinish bergandi.
Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni rimliklar Evropa Konferentsiyalik ligasi finalidan o‘rin olgan o‘yinda "Feyenoord"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar