Shomurodovning sherigi eng zo‘r driblingchilardan ekan!

  • 28 sentabr, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya futbolini yoritib borayotgan nufuzli nashrlardan biri La Gazzetta dello Sport ekspertlari A Seriyada o‘ynayotgan futbolchilar orasidan dribling ustalarini aniqlandi.

Tecno

Etti nafar eng zo‘r driblingchilar qatoriga “Kalyari”da Eldor Shomurodov  bilan birga o‘ynayotgan hujumchi Zito Luvumbo ham ham kiritildi.

Umumiy ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish oldi.

Albert Gudmundsson (“Jenoa”) — 20 ta urinishdan 13 tasi muvaffaqiyatli;

Pontius Almkvist (“Lechche”) — 31 ta urinishdan 13 tasi muvaffaqiyatli;

Rafael Leao (“Milan”) — 27 ta urinishdan 12 tasi muvaffaqiyatli;

Yovane Kabral (“Salernitana”) — 13 ta urinishdan 10 tasi muvaffaqiyatli;

Lazar Samarjich (“Udineze”) — 16 ta urinishdan 10 tasi muvaffaqiyatli;

Zito Luvumbo (“Kalyari”) – 20 ta urinishdan 10 tasi muvaffaqiyatli;

Armand Lorente (“Sassuolo”) –  20 ta urinishdan 10 tasi muvaffaqiyatli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
28/09/2023 23:01
Шома скоро дома