
Shomurodovning sobiq jamoasi Shevchenkoga "chiqish eshiklari"ni ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Chunki...
"Jenoa" Italiya A Seriyasining 21-turida o‘z maydonida “Spetsi”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborlisi, Andrey Shevchenko jamoaga kelganidan buyon genuyaliklar chempionat doirasida 9 ta bahsda maydonga tushdi va afsuski ularning hech birida g‘alaba qozona olishmadi. “Jenoa” 3 ta o‘yinda durang qayd etdi v 6 ta o‘yinda imkoniyatni boy berdi. To‘plar nisbati - 3:15.
Eslatib o‘tamiz, ukrainalik mutaxassis “Jenoa”ni 7 noyabrdan buyon boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
"Jenoa" 21 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 12 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar