
Shomurodovning ustozi Gvardioladan zo‘r!
Germaniya terma jamoasi va “Liverpul”ning sobiq yulduzi Ditmar Xamann “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan zo‘r murabbiylar borligini aytdi.
Yaqinda “Liverpul”ning hozirgi murabbiyi Yurgen Klopp ispaniyalik mutaxassisning dunyoda eng zo‘ri ekanini ta’kidlagan edi.
- Men klubga xizmat qilish nuqtai nazaridan Yurgen Klopp Gvardioladan ustun ekaniga aminman. Aslida ispaniyalik murabbiydan zo‘r bo‘lgan uchta mutaxassis bor. Kloppdan tashqari, “Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourino va “Real” ustozi Karlo Anchelotti. Nega Gvardiola atrofida buncha shov-shuvligini tushunmayman, - dedi Ditmar Xamann.
Xosep Gvardiola yuqorida nomi keltirilgan mutaxassislardan farqli raqishda Evropaning eng nufuzli musobaqasi – Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan.
Mourinoga Angliyadagi yulduz kerak
“Aston Villa”ning braziliyalik yarim himoyachisi Duglas Luis yozgi transferlar vaqtida Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Calciomercato nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchiga “Roma”dan jiddiy qiziqish bor. Bu o‘yinchini “bo‘rilar” bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Keyingi paytda portugaliyalik mutaxassis maydon markazidagi o‘yinchilarning harakatidan qoniqmayapti. Mourino yozda yuqori saviyali ijrochilarni olib kelishni maqsad qilgan. Duglas Luis aynan Mourino istagan o‘yinchilardan.
Shunday bo‘lsa-da, “Roma” bu futbolchini transfer qilish uchun yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portali braziliyalik yarim himoyachini 35 million evroga baholamoqda.
Luis “Vasko Da Gama” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yili Evropaga olib kelinganidan keyin “Manchester Siti” va “Jirona” klublari sharafini himoya qilgan. 2019 yildan beri “Aston Villa”da to‘p tepmoqda.
Duglas joriy mavsumda premer-ligada 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi va jamoadoshlarini uch marta golli pas bilan ta’minladi.
“Roma” hujumchisiga uchta taklif bor
“Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Kardes Peresning “Roma”da omadi yurishmayapti. 24 yoshli hujumchi Joze Mourinoni o‘z mahoratiga ishontira olgani yo‘q. Bu futbolchi ham xuddi Eldor Shomurodov singari asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazmoqda.
Karles Peres juda katta maktabni o‘tagan. Har holda “Barselona” tarbiyasini olgan o‘yinchi boshqa klublar e’tiboridan chetda qolib ketmaydi. Garchi ispan hujumchining “bo‘rilar” safida omadi chopmayotgan bo‘lsa-da, unga bir necha mamlakat chempionatlaridan taklif bo‘lmoqda.
Xususan, “Roma”ga u qadar kerak bo‘lmayotgan hujumchiga Italiyaning o‘zidan “Verona” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bundan tashqari, Peres kuchli beshlikning boshqa ligalaria ko‘chib o‘tish imkoniga ega. Uni Ispaniya chempionatining kuchli vakillaridan “Valensiya” o‘z safiga chorlamoqda. Bundesligadan “Bayer” anchadan beri ispan hujumchisini olishga harakat qilmoqda.
“Roma” bu futbolchi bilan 2024 yilning 30 iyunigacha shartnoma tuzgan. Poytaxtliklar boshqa o‘yinchilarni olish maqsadida Peresni sotib yuborishga tayyor. Bu futbolchini olishni istayotgan klublar 10 million evro atrofida xarajat qilishi kerak.
Peres joriy mavsumda A Seriyada 13 marta maydonga tushib, birorta gol ura olmadi. Biroq uning hisobida Konferentsiyalar ligasidagi beshta o‘yinda kiritilgan ikkita gol bor.
Shomurodovni kutyapmiz!
Shomurodov pressingni bopladi, lekin...
Mourinoning nega jahli chiqdi yoxud u bugun Shomurodovni o‘ynatadimi?
O‘zbek legioneri maydonga qaytib, hammasini joy-joyiga qo‘yishi kerak!
O‘zbek futbolchisini Evropada e’tirof etishdi
“Roma”: Bu futbolchi endi o‘ynamaydi! Mourino kim haqida gapirdi?
“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!
Fikrlar