Shomurodovning ustozi ham Saudiyaga ketadimi?

  • 3 sentabr, 2023, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari Evropaning nomdor o‘yinchilari qatorida mashhur murabiylarni katta maosh evaziga o‘z safiga jalb qila boshladi.

Tecno

“Kalyari”ni o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha A Seriyaga olib chiqqan Klaudio Raneridan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish variantiga munosabat bildirishini so‘rashdi.

- Klublar miqyosidagi murabbiylik faoliyatimni aynan “Kalyari”da yakunlashni istayman. Lekin meni qiziqtirgan biror terma jamoadan taklif bo‘lsa, bu chaqiruvni ko‘rib chiqishga tayyorman.

Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish haqida so‘rashyapti. Men u erga bormayman. Mening futboldagi maqsadlarim pul bilan bog‘liq emas, - dedi Klaudio Raneri.

Ta’kidlash joizki, Klaudio Raneri talabi bilan “Kalyari” mutasaddilari “Roma”dan Eldor Shomurodovni ijaraga oldi. Kelasi yozda sardiniyaliklar o‘zbek forvardini 9 million evroga to‘liq transfer qilish imkoni bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
03/09/2023 12:17
Калярини алдаб Шомани ўтмайдиган товарни ўтказишди, Энди Ранерини хам Саудияга жўнатмоқчи.