Shomurodovning ustozi nega "Barselona"ni boshqarishni istamagan?

  • 19 may, 2022, 16:16
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi bosh murabbiy Joze Mourino o‘tmishda "Barselona"ni boshqarish taklifini rad etgani haqida gapirdi.

Tecno

- Hech qachon ishlamas edim. Ular mendan o‘tish davrida jamoadagi vaziyatni tahlil qilishimni so‘rashdi. Meni taklif qilgan odam klubda yuqori martabali shaxs hisoblanardi. Boshqa hech narsa yo‘q. Keyinchalik baxtimga "Barselona"da hamma narsa o‘z joyiga tushib ketdi, - dedi Mourino Movistar nashriga bergan intervyusida.

Mourino bosh murabbiy Frank Raykard ketganidan keyin Kataloniya klubida ishlashga yaqin turgani xabar qilingandi. Keyinchalik "Barselona" Xosep Gvardiola xizmatlariga tayandi. Portugaliyalik mutaxassis esa bir necha yil o‘tib "Real"ni qabul qilib oldi.

Joze hozirda A seriya vakili bo‘lgan "Roma"da ishlamoqda. Klub ayni paytda chempionat turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Bundan tashqari, rimliklar Konferentsiyalar ligasi finalida o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shoxrux Nosirjon og'li
19/05/2022 17:54
Nega xohlamasiligini tushunmadim oqib torisi
Shoxrux Nosirjon og'li
19/05/2022 17:53
Yigitlar ozgina tushunarsiz maqolalaring