
Shomurodovsiz qolgan "Rostov" 17 noyabr kuni "Krasnodar"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi
Xabaringiz bor ayni damda FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionat bahslarida qisqa tanaffus yuzaga kelgan. Ayrim jamoalar esa bundan unumli foydalanib o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishmoqda.
Jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” 17 noyabr kuni “Krasnodar”ga qarshi o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Rostov” hisobida ham, “Krasnodar” hisobida ham o‘tgan 16 ta turdan so‘ng 30 ochko mavjud va ular mos ravishda 3- va 5-o‘rinlarni egallab turishibdi.
Fikrlar