
Shomurodovsiz qolgan "Rostov" yutqazdi
Biroz avval Rossiya Premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan "Sochi" - "Rostov" uchrashuvi yakunlandi. Oltita gol urilgan o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonishdi - 4:2.
"Rostov" Eldor Shomurodov faoliyat yuritayotgan paytlari 6 turdan beri yutqazmayotgandi. Endi esa, asosiy hujumchisidan ayrilgan jamoa mag‘lubiyatga uchradi va "Rostov"ning 6 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.
Fikrlar