Shon O”Melli Sexudo va Dvalishvili o‘rtasidagi jangga taxmin bildirdi
O‘ta engil vazn (61,2 kg) vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Shon O”Melli (17-1-1 NC) 17 fevral kuni Anaxaymdagi “UFC 298” turnirida to‘qnash keladigan Merab Dvalishvili (16-4) va Genri Sexudo (16-3) jangida kim g‘alaba qozonishi borasida so‘z yuritdi.
"Genri Merabga qarshi juda qiziq", - deydi MMAnews nashriga O”Melli . “O‘ylaymanki, bu raqobatbardosh jang bo‘ladi. Agar bashorat qilishim kerak bo‘lsa, Merab g‘alaba qozonadi, degan bo‘lardim. Menimcha, unda ko‘proq motivatsiya va xohish bor. Genri puli yo‘qligi uchun qaytib keldi. U boshqa nima qilishni bilmaydi. Shuning uchun Merab buni uddalay oladi, deb o‘ylayman",-dedi Shon.
Eslatib o‘tamiz, Shon O”Melli 9 mart kuni “UFC 299” turnirida Marlon Veraga qarshi jang qiladi.



Fikrlar