
"Sho‘rtan" ham transferlarini boshladi! Yangi futbolchilar va shartnomasini uzaytirgan o‘yinchilar bor
“Sho‘rtan” professional futbol klubini 2025 yilda Superligaga chiqish maqsadida jamoani kuchaytirish ishlari boshlab yuborildi. Bugun jamoaning bir qator etakchilari hamda yangi o‘yinchilar bilan shartnomalar uzaytirildi.
Jumladan, jamoaning mohir hujumchisi Muhriddin Zoirov 2024 yilda ham g‘uzorliklar sharafini himoya qiladi. Futbolchi “Sho‘rtan” bilan o‘rtadagi shartnomani bir yilga uzaytirdi.
Tajribali himoyachi Timur Nabiev ham amaldagi shartnomasini bir yilga uzaytirdi. Anvar Berdiev 2024 yilda ushbu himoyachining xizmatlaridan foydalandi.
Yosh va umidli yarim himoyachi Javohir Hasanov ham yangi mavsum g‘uzorliklar bilan birga bo‘ladi. Futbolchi klub bilan o‘rtadagi shartnomani bir yilga uzaytirdi.
O‘tgan mavsumda “Sho‘rtan” darvozasi daxlsizligini munosib himoya qilgan Sherzod Abduraimov ham yangi mavsumda klubga yordam beradi. Sherzod ham amaldagi shartnomasini bir yilga uzaytirdi.
Bulardan tashqari, “Sho‘rtan” klubi tajribali himoyachi Shukurali Po‘latov bilan kelishuvga erishdi. Tajribali himoyachi 2024 yilda jamoa sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, Shukurali Po‘latov Maldiv orollari, Bangladesh, Indoneziya chempionatida va Superliganining bir qancha jamoalarida to‘p surgan.
Shuningdek, “Sho‘rtan” PFK yana bir tajribali himoyachi Jasur O‘rinovni o‘z tarkibi qo‘shib oldi. Futbolchi 2024 yilda jamoa sharafini himoya qiladi. Futbolchi o‘tgan mavsumda Qo‘qonning “Qo‘qon-1912» tarkibida bo‘lgan.
“Sho‘rtan” matbuot xizmati.
Fikrlar