“Sho‘rtan” jamoasi safida jiddiy yo‘qotish

O‘tgan haftada Oliy liganing 7-tur doirasida o‘rin olgan “Navbahor”-“Sho‘rtan”  jamoalari o‘rtasidagi  keskin kurashlarga boy bahsda g‘uzorlik futbolchilar kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.  “Oq bo‘rilar” safida o‘zining yorqin o‘yinlarni boshidan o‘tkazayotgan jamoa to‘purari  va sardor sifatida maydonga  olib chiqayotgan iqtidorli hujumchi Igor Taran  jarohat olgan edi. Klub shifokorlarining tekshiruv natijasiga ko‘ra, futbolchining o‘ng oyoq to‘rtinchi panjasi so‘yagida mikro yorilish (treshenie) bo‘lgan. Jamoa malakali shifokori Alisher Abdurahmonov tashxisiga asosan,   Igor Taran  jamoasiga yordam berolmaydi. Endilikda  futbolchi  ikki haftaga safdan chiqdi.  G‘uzorliklarning “yoqimtoyi” Igor Taran tezroq jarohatdan forig‘ bo‘lib jamoaning zafarli yurishlarida  hissasini qo‘shadi va  ko‘plab mahalliy  muxlislariga ajoyib o‘yinlarini tuhfa etadi. 

Faxriddin Choriev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!