Shota Arveladze: Har bir o‘yin juda qiyin o‘tmoqda

  • 8 mart, 2020, 23:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze "Buxoro" (3:0) bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

Tecno

- Mavsum starti bo‘lgani sababli har bir o‘yin juda qiyin o‘tmoqda. Tezroq yaxshi holatga kirib olishimiz kerak. Uchta goldan tashqari yana 4-5 golli vaziyat bo‘lgandi. Raqibda esa adashmasam birinchi bo‘limda yarim keskinlikdagi vaziyat bo‘ldi.

G‘alaba qozonish juda muhim edi. Birinchi bo‘limda sekinroq o‘ynadik. Balki raqib maydon markazida to‘pni erkin berib qo‘ygani uchun shunday bo‘lgandir. Tanaffusdan so‘ng ko‘proq hujumga o‘tdik, to‘p uzatishlar ko‘proq bo‘ldi. Bir marta to‘p ustunga tegdi. Chiroyli o‘yin va chiroyli gollar evaziga juda muhim g‘alaba qo‘lga kiritildi.

Superligada ikkala o‘yinda ham raqib deyarli 10 kishi bo‘lib himoyalandi. Men ko‘prog‘ini xohlayman va ko‘prog‘ini kutaman. Sur’atni o‘stirish kerak. Hujumda juda keskin emasdirmiz, biroq 4ta rasmiy o‘yinda 10ta gol urdik va 2ta gol o‘tkazdik. O‘yinni yaxshilash uchun vaqt bor, xatolarni ko‘rib chiqish va ishlashda davom etish lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рашид Хожаханов
09/03/2020 09:00
Жаноб Шота Арвеладза сиз Узбекистон терма жамоаси уйинчилари уйнатиябсиз сиз яшхи тренер эмассиз тактика йук хамма уйинни судяларни ёрдами билан ютасиз шуни эвазига халкаро уйинларда узокка боролмайсиз. Уйатиш керак бундай уйинчилар билан Узбекистон чемпионатида халол уйин билан ютинг сиз бу ишингиз билан Узбек футболини оркага тортиябсиз
SHAXBOZ Bekmurodov
09/03/2020 08:53
Soxtakorlar
&
GENTLEMAN
09/03/2020 15:46
Mr. Shota albatta har bir uyin qiyin utatda. Sababi paxtakor ni siz boshqarganiz yuq Hakam lar boshqaropti. Agar Hakamlar sof boshqarishsa ishoning paxtor nafaqat qiyin uyin otkazadi hattoki viloyat komandalari kotta xolasini korsatadi. Masalan Nasaf otgan yili paxtakorni eng kuchli darkibini yosh bolalar bn 200000000000 martalab yutardi hakam lar yordam berishmaganda Navbahor ham paxtakordan kuchli uynadi.
BEGZOD OKTAMOV
09/03/2020 20:18
Unday demang Kurgan bosez Paxtakor SSSR Chempionatida juda ham yahshi oynagan hozir ham shunday al ahlini qanday yutdi oldingi lchda shabab al ahlini qanday utvotti sal oylab gapiring iltimos