Shota Arveladze: Kasilyas ham Xavidan ko‘plab gollar o‘tkazgan

"Bugun ajoyib atmosfera bo‘ldi, muxlislar, ob-havo ham ajoyib bo‘ldi. Bugun biz yuqori darajadagi jamoaga qarshi o‘ynadik. Biz fenomen futbolchilarga qarshi o‘ynadik va biz ham ajoyib tarzda harakat qildik.

Bugun xarakter ko‘rsata oldik. Gol o‘tkazganda, albatta kimdir xato qilgan bo‘ladi. Ammo biz birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda qayta oldik. Umuman olganda esa o‘yin yaxshi bo‘ldi. Tanaffusda futbolchilarga biz ham yaxshi o‘ynay olishimizni aytib ruhlantirdim. Biz g‘alaba qozona olishni o‘rganishimiz kerak. Muxlislar ham ochiq futbolni xush ko‘radi.

Xavi – futbol afsonasi, maestro. Biz birinchi navbatda ishonishimiz kerak. Muxlislardan ham shuni so‘ragan bo‘lar edim. Turnir jadvaliga qaraydigan bo‘lsak, durang bizni qanoatlantirmaydi.

Suyunov? Shifokorlar bu borada katta ishlar olib borishmoqda. U Yoshlar ligasida uchta o‘yin o‘tkazdi. Bugun esa Sanjarning o‘yinidan qoniqdim. Kasilyas ham Xavidan ko‘plab gollar o‘kazgan", - deya gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz cayti muxbiri Shahzod Xolboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!