Shota Arveladze: Men "Paxtakor"dek katta klubda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganim uchun jamoa rahbariyati, saxiy inson Alisher Burxonovich Usmonovga rahmat aytaman

  • 23 dekabr, 2020, 17:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ketma-ket ikkinchi mavsum O‘zbekiston Superligasi va O‘zbekiston kubogidagi g‘alabalardan so‘ng, Shota Arveladze klub rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- "Paxtakor"ning xalqaro darajada o‘sishiga yordam bergan, hamkorlikda bajarilgan ish uchun "SFI Management Group" kompaniyasiga rahmat aytaman. Birgalikda ishlagan hamkasblarimga minnatdorlik bildiraman.

Men "Paxtakor"dek katta klubda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganim uchun klub rahbariyati, saxiy inson Alisher Burxonovich Usmonovga rahmat aytaman. Bu erda ishlash jarayonida o‘z tajribamni yanada oshirdim. Ajoyib insonlar bilan birgalikda mehnat qilib, g‘alabali onlardan zavq oldim. Butun klub va jamoa bir maqsad yo‘lida haqiqiy oilaga aylanganmiz. Yutuqlarga erishishimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalar futboliga e’tibor oshirilib, zamonaviy dasturlar yordamida ularning shug‘ullanishiga e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda futbolning rivojlanishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda o‘zbek futboli uchun o‘z mevasini beradi. O‘zbekistondek chiroyli yurtda yashash va ishlash, sharqona tarbiya ko‘rgan ajoyib odamlar bilan muloqotda yanada dono insonga aylanish mumkin. Buning uchun Alisher Burxonovichga yana bir bor minnatdorlik bildiraman. "Paxtakor"da yutuqlardan tashqari yanada ko‘proq ish va hayotiy tajribaga ega chiqdim. 2020 yil jamoa ichki musobaqalarda g‘olib chiqdi, Chempionlar Ligasida chorak finalgacha etib bordi. Keyingi yil yanada yuqori marralar zabt etilib, jamoa Osiyoning eng kuchli klubiga aylanib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish yo‘lida harakatlar to‘xtab qolmaydi. Bu yo‘lda klubning oldiga qo‘ygan maqsadlari davom etadi. "Paxtakor" olg‘a qadam bosishdan to‘xtamaydi. Barchasi uchun sizdan minnatdorman, Alisher Burxonovich! - deb ta’kidladi Shota Yustinovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!