Shota Arveladze: Menga "Nasaf", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" kabi jamoalarga qarshi o‘ynash yoqadi

  • 27.09.2019 00:20
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Kubogi yarim final uchrashuvidan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Kubok sovrin yutish uchun eng qisqa yo‘l sanaladi. Chempionatda mavsum uzoq davom etadi. Unda g‘olib chiqishga 26, 30 yoki 38 o‘yindan iborat mavsumda barqaror o‘ynash lozim. Kubokda esa 4 yoki 5 bahsdan so‘ng sovringa ega chiqish imkoniyati mavjud. O‘tgan mavsum ham finalda o‘ynagandik. Bu yil esa uni yutishni istaymiz.

"Nasaf" yaxshi jamoa, ular futbol o‘ynashga harakat qilishadi. "Nasaf", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" kabi jamoalarga qarshi o‘ynash menga yoqadi. Ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilishadi. Raqib qarshi hujumlarda ancha kuchli ekanini bilardik. Birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da, tezda vaziyatni o‘ngladik va ikki gol urdik. "Nasaf" ko‘proq himoyaga e’tibor qaratib, bellashuvni besh himoyachi bilan boshladi. Ikkinchi bo‘limda esa bir qator qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. O‘yinni vaqtliroq tugatish imkoniyatiga ega bo‘lgandik. Muxlislarga futbol sifati ma’qul keldi deb o‘ylayman. 12-13 ming atrofida ishqiboz stadionga tashrif buyurdi. Raqibni ham yaxshi futbol bilan tabriklayman.

Chempionatda hali oltita o‘yin bor. Unda biz chempion ekanimizni ko‘rsatishimiz lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynaymiz. Liga Kubogida yarim final bahsi kutib turibdi. Oldinga intilib, sovrinlar sari kurashishda davom etamiz. Imkoniyat bor ekan, har uch musobaqada g‘olib chiqishga intilamiz, - dedi Arveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
27/09/2019 11:08
Урток гуризин жаноблар димокингиз жуда кутарилибдику колганлари семичка денг
Расулжон Тоштемиров
27/09/2019 14:42
Сен узи кимни пулларига керилиб юрибсан
Dilshod Muratov
27/09/2019 08:05
Pahtakor da bor pul agar boshqa klublarda bulganda pahtakoring xozir 6-7 chi urinda yurardi Aktiyor Shota.
Shukur qil bizda VAR yug.Var bulganda cheranni goli ofsayddan urilgani un xisobga olinmasdi.