Shota Arveladze: Nega muxlislar hakamni so‘kishlariga tushunmayman

"Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Undagi azart, keskinlik va shiddat yuqori edi. Chempionat etakchilari o‘ynashdi, vaziyatlar, sariq kartochkalar va gollar. Bu hafta nafaqat "Paxtakor" uchun ham xuddi "Barselona" va "Ayaks"dagidek singari alamli bo‘ldi. Albatta, bu achinarli. Alam qilgani shuki, raqibda deyarli yuz foizlik vaziyat yuzaga kelmadi. Hisob 2:0ga aylangach, jamoa bo‘shashdi.

Shuningdek, bugun "Navbahor"ni qo‘llash uchun kelgan namanganlik muxlislarni ham alohida e’tirof etish lozim. Ular o‘yin oxirigacha o‘z suyuklilarini tinimsiz olqishlab, qo‘llab turishdi. Mavsum davom etadi. Oson o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Barcha bahs qiyin o‘tmoqda. "Paxtakor" o‘z yo‘nalishida harakatlanishni davom ettiradi.

Joriy mavsumda ilk bor g‘alabani qo‘ldan chiqarganimizga asosiy sabablardan biri, bu raqibning munosib qarshiligi. Shuningdek, biz juda erta bo‘shashib, o‘yin tizgini qo‘ldan chiqardik. Natijaga o‘ynashni boshlab yuborgach, ko‘proq orqaga o‘ynadik. "Navbahor" esa birinchi golni urib olgach tezda o‘yinga qaytdi. Balki jamoamizga qiyin rejim ham halaqit qilgandir. Chunki har 4-5 kunda o‘yin o‘tkazyapmiz. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shunga qaramay yuqori darajada o‘ynayotgan jamoamizni maqtab qo‘ymoqchiman. Bu oson emas. Hali aytganimdek, chempionat davom etadi. Biz esa yo‘l qo‘yilgan xatolardan tegishli xulosalar chiqarishimiz kerak. Tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqarish alamli. Lekin hisob tenglashgach ham jamoamiz futbol o‘ynadi va oldinga o‘tdi. Shundpy bo‘lsada, biz ikki ochko yo‘qotdik

Hujumchi gol kiritish kerak. Aminmanki, Marat Bikmaev hali o‘z so‘zini aytadi. 

Men nega muxlislar hakam to‘pni atayin tepib yuborgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatsa, uni so‘kishlariga tushunmayman. Futbol akademiyasidagi yosh tarbiyalanuvchi ham xushtakdan keyin to‘pni tepib yuborish mumkin emasligini biladi va shunday holat ruy bersa sariq kartochka tayin ekanligi ham ularga ravshan. Muxlislar shu vaqtda nega hakamlarni haqorat qilishadi?

To‘pni autdan o‘yinga kiritsak, kimdir xato qiladi. Autdan offsayd. Lekin biz bunda hakamni so‘kmayapmiz-ku", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!