Shota Arveladze: "Persepolis"ning qanday kuchga ega ekanligini bilamiz
Xabaringiz bor ertaga "Paxtakor" Chempionlar Ligasi 1-turida Tehronda "Persepolis" mehmoni bo‘ladi. Bugun esa ushbu bahs oldidan murabbiy va futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uning birinchi qismida “sherlar” ustozi Shota Arveladze ishtirok etdi.
- Bu bizning guruh bosqichidagi birinchi o‘yinimiz, og‘ir o‘yin kutib turibdi. Ular o‘tgan yili finalda o‘ynashgan. Judayam yaxshi futbol namoyish qiladigan jamoa. Muxlislar stadionni deyarli to‘ldirib o‘tirishadi. Bu esa ajoyib futbol muhitini taqdim etadi.
- Biz kimga qarshi o‘ynayotganimizni yaxshi bilamiz. Ularning avvalgi mavsumdagi va joriy yildagi o‘yinlarini o‘rganib chiqdik. Bu jamoa kuchini bilamiz.
- Raqib ko‘plab o‘zgarishlar qildi deb o‘ylamayman. 2-3 futbolchi ketdi, lekin o‘sha murabbiy va falsafa qolgan. Ular agressiv o‘yin ko‘rsatishadi, jipsqoqlik bilan harakat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Persepolis” – “Paxtakor” uchrashuvi "Ozodi" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.



Fikrlar