
Shota Arveladze: Safimizdagi ayrim futbolchilarning o‘yinini yoqtirib qolishingiz mumkin
Ertaga OChL 4-turida "Paxtakor" safarda "Al Sadd" mehmoni bo‘ladi. Bugun o‘yindan oldingi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda "sherlar" ustozi Shota Arveladze ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Ertaga bizni qiyin va qiziqarli o‘yin kutmoqda. Turnir jadvali va ochkolardan kelib chiqsak, o‘ta ahamiyatli to‘qnashuv. Har ikki jamoa futbol o‘ynashga intiladi. Muxlislar chiroyli va hujumkor futbol ko‘rishadi deb o‘ylayman.
Guruhimizda kuchli jamoalar jamlangan. Kimningdir g‘alabasi men uchun syurpriz bo‘lmaydi. Barcha jamoalarda imkoniyat bor. Bizda ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, buni ertaga ko‘rasiz.
Dohada qandaydir boshqacha o‘yin bo‘ladi deb o‘ylamayman. Har ikki jamoa to‘pni nazorat qilishga, hujum uyushtirishga intiladi. Safimizda o‘zini ko‘rsata oladigan futbolchilar bor, ularning o‘yinini yoqtirib qolishingiz mumkin.
Raqibni Toshkentdagi o‘yindan keyin yanada o‘rgandik. Ba’zi kamchiliklarini bildik, o‘zimiz uchun xulosalar chiqardik. Ertaga bundan foydalanishga urinamiz.
Fikrlar