
Shota Arveladze xayrlashuv maktubini yozdi. Uning muxlislar va futbol jamoatchiligiga aytgan oxirgi fikrlari
"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze jamoani tark etdi. Gruziyalik mutaxassis ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislarga xayrlashuv maktubini yozib qoldirdi.
- Uch yil o‘tdi. Bugun men "Paxtakor" bosh murabbiyligini tark etdim. Ajoyib, chiroyli, muvaffaqiyatli va qiziqarli 3 yil o‘tdi. Muxlislarga, jamoaga, futbolchilarga, boshqa bizni qo‘llab-quvvatlab kelgan barchaga rahmat. Bobur Shodiev, Ulug‘bek Muhamedov, Dmitriy Adismanga "Paxtakor"ni boshqarish imkoniyatini taqdim etishgani uchun alohida tashakkur aytaman. Muvaffaqiyatga erishish uchun juda ko‘p harakat qilgan insonlar. Jamoaga yoshlarni jalb etishga intildik, o‘yin uslubini o‘zgartirdik. Klubga g‘alabali damlarni davom ettirishni va doimo kuchli bo‘lishni tilayman. Men endi jamoa bosh murabbiyi emasman, lekin doimo "Paxtakor" muxlisi bo‘lib qolaman. Bu men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi va bu erdagi hayotim ajoyib tarzda o‘tdi. Biz juda ajoyib jamoa bo‘ldik va men buni hech qachon unutmayman, - deya yozib qoldirdi Shota Arveladze.
Fikrlar