Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Isroil "etib keldi"! Ilk finalchi nomi ma’lum

  • 09.06.2023 00:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Urugvay - Isroil bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda nominal mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Duarte da Silva tomonidan 61-daqiqada kiritilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi. 

Shu tariqa, Urugvay ilk finalgchiga aylandi. Ikkinchi yarim final bahsi esa birozdan so‘ng start oladi. Unda Italiya hamda Janubiy Koreya termalari o‘zaro kuch sinashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!