Shu futbolchi 100 million evroga loyiqmi?
“Torino” prezidenti Urbano Kayro jamoa to‘purari Andrea Belotti “Inter”ga ketmoqchiligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
- U Italiya terma jamoasining eng zo‘r hujumchilaridan. Belotti uchun ko‘p takliflar bo‘lgan. Ularni rad etganman. Lekin hech kim 100 million evro tikmagan. Agar shu summani beradiganlar bo‘lsa, marhamat futbolchini olib ketaversin, - dedi Kayro.
Belotti joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 ta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar