Shu futbolchini olmasak bo‘lmaydi!

  • 13 avgust, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel orzusidagi hujumchi Romelu Lukakuni qo‘lga kiritganidan keyin klub rahbariyatini yana bir katta transferga ko‘ndirmoqchi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis yangi mavsumda unga to‘pni nazorat qilishda va birinchi to‘p uzatishda aniq o‘ynay oladigan himoyachiga ehtiyoj sezmoqda. Uning ta’kidlashicha, Kurt Zuma va Trevor Chaloba bu ishni uddalay olmaydi. Tyago Silva esa yoshi kattaligi bois mavsumni bir tekis o‘tkazishiga kafolat yo‘q.

Tomas Tuxelning ta’kidlashicha, ayni paytda “Chelsi”ni sezilarli darajada kuchaytirishga qodir himoyachi Jyul Kunde ekan.

“Sevil” frantsiyalik futbolchini 70 million evroga baholamoqda. Biroq uni olish londonliklarga oson bo‘lmaydi. Chunki, “Real” rahbariyati ham markaziy himoyaga aynan Kundeni olib kelmoqchi va bu transfer uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!