Shu hujumchini olib, Mbappeni beringlar!

  • 02.02.2023 17:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” rahbariyati jahon chempionatining eng zo‘r to‘purari Kilian Mbappeni olish uchun PSJ klubiga maxsus taklif tayyorlayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik hujumchi o‘z kuchini kuchliroq chempionatlarda sinab ko‘rmoqchi. Bu borada Angliya Premer-ligasi juda yaxshi variant. Chunki Mbappening o‘zi orzu qilgan jamoa – “Real”ga o‘tishi oson emas.

O‘tgan yili Kilian so‘nggi palada PSJ tanlagani uchun “Real”  bilan munosabat buzilgan.

“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli Mbappeni o‘zining loyihasining muhim ishtirokchisiga aylantirmoqchi. “Aristokratlar” yangi hujumchi qidirayotgan parijliklarga Kilian Mbappe transferi doirasida germaniyalik hujumchi Kay Xavertsni PSJga jo‘natishni taklif qilishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!