Shu yulduz ketsa, “Manchester Yunayted”ga yaxshi bo‘ladi!

  • 6 aprel, 2022, 09:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi Ueyn Runi hozirgi jamoa etakchilaridan Pol Pogbaning ketishi kerakligini iddao qilmoqda.

- O‘ylashimcha, ish shu darajaga etdiki, Pol Pogba klubni tark etsa, yaxshi bo‘ladi. Agar Pogba o‘z vijdoni oldida rostgo‘y bo‘lsa, jamoaga o‘zi istagan darajada foyda keltira olmaganini tan oladi. Men uning Frantsiya terma jamoasidagi o‘yinlarini tomosha qilaman. U erda umuman boshqa o‘yinchiga aylanadi.

Frantsiya terma jamoasining har bir uchrashuvida uning imkoniyatlari, qarashlari, o‘yinni nazorat qilishi yaqqol ko‘rinadi. “Manchester Yunayted”da bu xususiyatlarning birortasini ko‘rmaysiz. Hozir, klub xayrlashishi kerak bo‘lgan bir nechta futbolchilar bor, - dedi Ueyn Runi Sky Sports nashriga.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda 29 yoshli Pogba o‘zining “Manchester Yunayted”dagi faoliyatidan umuman qoniqmaganini ta’kidlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!