Shunday o‘yinlar ko‘proq bo‘lishini istardim

  • 28 noyabr, 2019, 12:08
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Buxoro" - "Metallurg" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Mavsum oxirida musobaqa jadvalining o‘rta hamda quyi pog‘onalarida borayotgan jamoalarning bahsi qiziqarli kechmoqda. Bugun ham garchi hisob ochilmagan bo‘lsa-da, muxlislar hujumkor futbolning shohidi bo‘lishdi. Jamoalar to‘rt bora darvoza ustuni va to‘sinlarini poylashdi. Kim birinchi gol ursa o‘sha jamoa yutardi. Shunday o‘yinlar ko‘proq bo‘lishini istardim.

Hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Har ikkala jamoada vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo himoyachi va darvozabonlar bugun ustunlik qilishdi. Chempionat tugashiga bitta tur qoldi. Mavsumni ijobiy natija bilan yakunlab, ta’tilga yaxshi kayfiyatda chiqib ketishni istaymiz. Buxoro jamoasiga ham shu tilaklarni bildiraman, - dedi Andrey Sergeevich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!