Shunqor Abdurasulov: Xudo xohlasa, Abdumalik Halakov bilan finalda to‘qnash kelsak...

  • 5 noyabr, 2020, 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

"Universal" sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-60 kg vazn toifasida chempionatdagi ikkinchi jangini qashqadaryolik Murodjon Qosimovga qarshi o‘tkazib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritgan Shunqor Abdurasulov jangdan so‘ng, O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.

"Karantin sababli anchadan buyon jang o‘tkazmagandim. Ana shuning ta’siri hisobiga jangimda biroz qiynaldim. Keyingi janglarimni yuqori darajada o‘tkazishga harakat qilaman. Chempionatda ko‘plab yosh bokschilar, yangi nomlar ishtirok etmoqda. Ularni qanday jang tushishini, uslubini bilmaymiz. Yosh bo‘lsa-da, barchasi kuchli. O‘z vaznimda Abdumalik Halakovni kuchli raqib, deb bilaman. Xudo xohlasa, u bilan finalda to‘qnash kelsak, kim kuchli ekanligini ana o‘shanda bilib olasizlar. Ikki jang o‘tkazdim. Endi mana shu janglarda yo‘l qo‘ygan xatolardan xulosa chiqargan holda, keyingilarmga tayyorgarlik ko‘ramiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!