Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi rus klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 13 iyul, 2019, 20:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Markus Berg faoliyatini Rossiyada davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Aniqrog‘i, 32 yoshli futbolchi "Krasnodar" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Unga ko‘ra tomonlar 2020 yilga qadar tuzilgan bitimga imzo chekishgan.

Ma’lumot uchun, Bergning so‘nggi jamoasi BAAning "Al-Ain" klubi bo‘lgan edi. U ushbu jamoada 61ta o‘yinda maydonga tushib, 46ta gol urishga erishgan va klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida etgan. Rus klubi esa uni tekinga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Ma’lumot uchun, Berg faoliyati davomida "Geteborg", "Groningen", "Gamburg", PSV va  "Panatinaikos" klublarida o‘ynagan. Shvetsiya terma jamoasida esa 71ta o‘yinda 19ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!