
ShXTga a’zo davlatlarning eng mashhur sportchilari Toshkentda jam bo‘ladi
Ma’lumki, joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Samarqand sammitidan avval tashkilot faoliyati doirasida birinchi bor “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari” loyihasiga asos solindi va 9-10 sentyabr kunlari poytaxtimizda unga bag‘ishlangan matbuot anjumani hamda fleshmob tashkil etiladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 9 sentyabr kuni soat 16:00 da “International hotel Tashkent” mehmonxonasida ShHTga a’zo mamlakatlarning taniqli sportchilari ishtirokida matbuot anjumani, 10 sentyabr kuni soat 17:00 da “Milliy bog‘” sayilgohida ular ishtirokida katta fleshmob bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar